Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkentda «Ot sporti paradi» munosabati bilan transport vositalari harakati cheklanadi

Toshkentda «Ot sporti paradi» munosabati bilan transport vositalari harakati cheklanadi

Foto: Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati

5-iyul kuni «Ot sporti paradi»  o‘tkazilishi munosabati bilan soat 19:00dan 21:00gacha A.Temur shoh ko‘chasining A.Temur hiyoboni aylanma yo‘lidagi qismida barcha turdagi transport vositalari harakati cheklanadi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati xabar berib o‘tdi. 

Shuningdek, 6-iyul kuni «Ommaviy yurish marafoni»ni o‘tkazilishi munosabati bilan soat 07:00dan 08:00gacha «Xalqlar do‘stligi»  maydonidan I.Karimov ko‘chasi bo‘ylab I.Karimov ko‘chasi va Afrosiyob ko‘chasi kesishmasigacha, mazkur kesishmadan Olmazor ko‘chasining O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasigacha bo‘lgan qismida barcha turdagi transport vositalari harakati vaqtincha cheklanadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring