Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkentda o‘quvchi qizlarning ziragini aldov yo‘li bilan yechib olgan ayol ushlandi

Toshkentda o‘quvchi qizlarning ziragini aldov yo‘li bilan yechib olgan ayol ushlandi

Foto:«Xabar.uz»

Toshkent shahrida muqaddam sudlangan va qidiruvda bo‘lgan, boshlang‘ich maktabda o‘quvchi qizlarning qulog‘idagi ziragini aldov yo‘li bilan yechib olgan ayol qo‘lga olindi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB matbuot xizmatiga asoslanib, «Hudud» ko‘rsatuvida xabar berildi.

Ayblanuvchi Mahliyo Barziyeva joriy yilning 3 aprel kuni Uchtepa tumanida tahsil oluvchi o‘quvchi M. va uning dugonasiga go‘yoki ularni yo‘ldan o‘tishida ko‘mak bergan va qizlarni aldab ziraklarini yechib olgan. So‘ngra ziraklarni Chorsu bozoriga olib borib 150 ming so‘mga sotib yuborgan.

Mahliyo Barziyeva 1989-yilda tug‘ilgan, Farg‘ona viloyatida yashovchi avval ham Farg‘onada xuddi shunga o‘xshash ish bilan shug‘ullangani uchun sudlangan va hukmdan qochib, Toshkentda yashab yurgani ma’lum bo‘lgan.

Mazkur ish yuzasidan Mahliyoga Jinoyat kodeksi 160-moddasi, 3-qismi, «a» bandi bilan o‘g‘irlik ayblovi qo‘yilgan. 

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring