Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkentda mudhish YTH ikki kishining umriga zomin bo‘ldi

Toshkentda mudhish YTH ikki kishining umriga zomin bo‘ldi

Foto: «UzNews.uz»

Kecha, 7-iyun kuni soat taxminan 22:10larda Mirzo Ulug‘bek tumani, Toshkent halqa avtomobil yo‘lida («CRAFERS» zavodi) yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Bu haqda poytaxt IIBB xabar berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, piyoda, 22 yoshli G.I. yo‘lni belgilanmagan joydan, piyodalar o‘tish yo‘lagidan 25 metr narida kesib o‘tayotganida 41 yoshli X.X boshqaruvidagi «Lasetti» avtomashinasi uni urib ketgan. Shundan so‘ng «Lasetti» haydovchisi boshqaruvni yo‘qotib, «Kobalt» (haydovchisi 49 yoshli Yu.A.) avtomobili bilan to‘qnashgan. «Lasetti» urib ketgan piyoda esa ushbu yo‘lda harakatlanayotgan «Shacman» yuk mashinasi ostida qolgan.

Xabarda aytilishicha, YTH tufayli piyoda G.I. va «Lasetti» avtomobili yo‘lovchisi 38 yoshli O.M. voqea joyida halok bo‘lgan. «Kobalt» yo‘lovchisi, 23 yoshli Yu.A. tan jarohatlari bilan shifoxonaga olib ketildi. «Lasetti» avtomobili haydovchisiga tibbiy yordam ambulator sharoitda ko‘rsatilgan, shundan keyin u kasalxonadan chiqarilgan.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, YTHga piyoda yo‘lni belgilanmagan joydan, piyodalar o‘tish yo‘lagidan 25 metr naridan kesib o‘tayotgani sabab bo‘lgan, deyiladi IIBB xabarida.

Tergov davomida «Lasetti» haydovchisining aybdorlik darajasi o‘rnatiladi.

«Hurmatli haydovchilar va piyodalar! Yo‘l harakati qoidalariga rioya qiling! Yodingizda bo‘lsin: bitta noto‘g‘ri qadam sizning va yo‘l harakati boshqa qatnashchilarining umriga zomin bo‘lishi mumkin», deyiladi xabarda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring