Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Toshkentda «Lacetti» ishtirokida ayanchli YTH sodir bo‘ldi

Toshkentda «Lacetti» ishtirokida ayanchli YTH sodir bo‘ldi

Poytaxtda «Lacetti» avtomobili qizil chiroqda to‘xtab turgan yuk avtomobilining orqa tomoniga urildi.

Joriy yilning 10 iyun kuni soat 22:00 larda, Toshkent shahar, Chilonzor tumani, KXAY hamda Do‘mbirobod ko‘chalari kesishgan chorrahada haydovchi, 1983 yilda tug‘ilgan F.E. «Lacetti» rusumli avtomobilni boshqarayotib o‘zidan oldinda, svetoforning qizil chirog‘ida to‘xtab turgan haydovchi, 1976 yilda tug‘ilgan A.T. boshqaruvidagi «Mercedes-Benz» rusumli yuk avtomobilining orqa tomoniga urilib YTH sodir etgan.

Natijada, «Lacetti» rusumli avtomobil haydovchisi F.E. olgan tan jarohatlari bilan shifoxonada vafot etgan.

Mazkur YTH yuzasidan Toshkent shahar IIBB huzuridagi TB tomonidan dastlabki tergovoldi surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring