Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkentda keksa ayol va nabira hasharotlarga qarshi doridan zaharlanib vafot etdi

Toshkentda keksa ayol va nabira hasharotlarga qarshi doridan zaharlanib vafot etdi

Foto: «Gazeta.uz»

Toshkentning Chilonzor tumanida hasharotlarga qarshi dorilangan uydan keksa ayol va uning nabirasi o‘lik holda topildi.

8 iyun kuni soat taxminan 19:30larda Chilonzor tumani 19-daha, 48-uy, 30-xonadondan mazkur xonadonda yashagan fuqaro M. Sharafutdinova (1942 yilda tug‘ilgan) va uning nabirasi T. Musayevning (1991) murdalari o‘tkir zaharlanish alomatlari bilan topilgan. Bu haqda Toshkent IIBB matbuot xizmatiga asoslanib «Gazeta.uz» xabar qildi.

Hodisa joyi ko‘zdan kechirilganda, uydagi tartib buzilmaganligi, balki xonadonning kirish qismidagi yo‘lak, oshxona va yotoqhonalarda hasharotlarni yo‘q qilishda ishlov berishda foydalaniladigan kulrangli, kukunsimon moddalar solingan gazeta qog‘ozi o‘ramlari mavjudligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruv davomida, ushbu xonadonda joriy yilning 6 iyun kuni hasharot (suvarak va h.k.)larga qarshi sanitariya ishlov berilgani ma’lum bo‘lgan.

Sud-tibbiy ekspertizasining 8 iyundagi dastlabki xulosasiga ko‘ra, M. Sharafutdinova va T. Musayevning o‘limi «noma’lum moddadan o‘tkir zaharlanish» natijasida yuz bergani, ularning tanasida boshqa biror-bir tan jarohatlari mavjud emasligi aniqlangan.

Voqea joyiga Toshkent shahar prokurorining birinchi o‘rinbosari I.Sh.Narimov, Chilonzor tuman prokurori A.A.Kamilov, tuman IIO FMB rahbariyati va tezkor-tergov guruhi a’zolari chiqishgan.

Hodisa joyi ko‘zdan kechirilib, u yerdan ashyoviy dalil tariqasida kulrang, kukunsimon moddalar solingan gazeta qog‘ozi o‘ramlari olinib, tegishli ekspertizalar tayinlangan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan Chilonzor tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring