Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkentda karantin qoidalariga qanday rioya qilinyapti?

Toshkentda karantin qoidalariga qanday rioya qilinyapti?

Foto: IIBB

Koronavirus infeksiyasining tarqalishiga qarshi kurashish davomida Toshkent shahar IIBB oldida turgan vazifalardan biri bu shahar aholisi va mehmonlari tomonidan karantin qoidalariga qat’iy rioya qilinishini ta’minlashdir.

Toshkent shahar IIBB axborot xizmati xabariga ko‘ra, savdo ob’yektlari va xizmat ko‘rsatish sohasini har kuni tekshirish ishlari davomida toshkentlik tadbirkorlar faoliyati Maxsus komissiya talablariga to‘liq javob berishini ko‘rsatayotganligi aniqlangan. Xaridorlarning tana haroratini o‘lchash, xonaga kirganda qo‘llarni antiseptik bilan dizenfeksiya qilish zarur choralar ekanligini har bir fuqaro anglab yetgan. Shuningdek, do‘konlar, go‘zallik salonlari xodimlari o‘zlari va boshqalar xavfsizligini ta’minlash muhimligiga amal qilishmoqda.

Biroq, afsuski ba’zi bir yurtdoshlarimiz tomonidan karantin choralarining yumshatilgani sabab beparvolik holatlari kuzatilmoqda.  Jumladan, jamoat joylarida tibbiy niqoblarni taqmaslik va yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan sanitariya talablariga rioya qilmaslik holatlari uchramoqda. 

Masalan, 21 may kuni 470 ta savdo va xizmat ko‘rsatish ob’yektlarini tekshirish vaqtida 63 ta qoidabuzarliklar aniqlandi, 22 may kuni tekshirilgan 544 ta ob’yektdan 74 tasida qoidaga amal qilmaslik holati qayd etilgan.

Bundan tashqari, 21-may kuni 132 ta holatda tibbiy niqobsiz ko‘chaga chiqish va 22 mayda ham tibbiy niqobni taqmagan 110 kishi aniqlandi. Shu ikki kun ichida patrul xizmati xodimlari jamoat joylarida tibbiy niqoblarsiz bo‘lgan 187 kishini aniqladilar.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring