Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkentda ilk marta «Tashkent Book Fest» xalqaro kitob-ko‘rgazma yarmarkasi o‘tkaziladi

Toshkentda ilk marta «Tashkent Book Fest» xalqaro kitob-ko‘rgazma yarmarkasi o‘tkaziladi

Foto: Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan hamkorlikda "Tashkent Book Fest" xalqaro kitob ko‘rgazmasini tashkil etmoqda. Bu haqda Agentlik Axborot xizmati xabar berdi.

Ko‘rgazma joriy yilning 2-4 oktyabr kunlari "O‘zekspomarkaz" Milliy ko‘rgazmalar majmuasida bo‘lib o‘tadi. Xalqaro kitob ko‘rgazma yarmarkasiga tashrif buyurganlar xorijiy va mahalliy nashriyotlarning yangi va nodir kitoblari bilan tanishish, yangi asarlar taqdimotida ishtirok etish, chet el va o‘zbek adiblari, mualliflari bilan uchrashish imkoniga ega bo‘ladilar.

Tadbir doirasida yozuvchi, shoir va rassomlar bilan ijodiy suhbatlar bo‘lib o‘tadi. Shuningdek, sohaga oid seminarlar, mahorat darslari, treninglar va ko‘plab aksiya hamda kitob tanlovlari o‘tkaziladi.

Xalqaro kitob ko‘rgazma yarmarkasi — turli mamlakatlarning soha mutaxassislari o‘rtasida tajriba va fikr almashish, malaka oshirish uchun ajoyib maydon bo‘ladi.

Barcha kitobsevarlar Toshkent xalqaro kitob ko‘rgazmasi yarmarkasiga taklif etiladi. Murojaat uchun telefon — 71 244 23 72/

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring