Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkentda ikkita kovid-markaz yopildi

Toshkentda ikkita kovid-markaz yopildi

Arxiv foto.

Foto: Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati

Respublika maxsus komissiyasi qaroriga ko‘ra, koronavirusga qarshi kurashishda aholiga qulaylik yaratish maqsadida ochilgan ayrim markazlar («Atlas», «Yoshlik») vaqtinchalik yopildi. Bu haqda AOKAda o‘tgan brifingda Koronavirusga qarshi kurashish shtabi a’zosi Sevara Ubaydullayeva ma’lum qildi.

Taqsimlash markazlarining yopilish sabablaridan biri — koronavirusga chalingan bemorlar soni kamaygani bilan bog‘liq.

«Shuningdek, Toshkent shahrida taqsimlash markazlarining yopilishi, poytaxtda, umuman mamlakatda epidemiologik vaziyat barqarorlashganini anglatadi.

To‘g‘ri, ko‘plab mamlakatlarda koronavirus keng tarqalmoqda, ko‘plab davlatlar ikkinchi to‘lqindan aziyat chekmoqda. Bu bizni hushyorlikka chaqirishi lozim. Shunga ko‘ra, bugungi kunda davlat va barcha manfaatdor vazirlik, idoralar epidemiologik vaziyatni nazorat qilish bo‘yicha ishlar olib borishmoqda va kasallik dinamikasi oshganda yopilgan ob’yektlar qayta tezkor ravishda ochiladi.

Bundan tashqari, mamlakat shifokorlari va olimlari pandemiya davrida koronavirusga chalingan bemorlarni samarali davolash bo‘yicha katta tajriba orttirishdi, shuningdek, kasbiy mahoratlarini ham oshirishdi.

Shuningdek, koronavirusga bemorlarini davolashga ixtisoslashgan barcha mavjud markazlar zarur yotoq-o‘rinlari, tibbiyot uskunalari va dori vositalari bilan ta’minlangan, shuningdek, malakali tibbiyot xodimlari ham biriktirilgan. Markazlar yopilgan taqdirda ham ushbu ta’minotlar saqlanib qolinadi. Takroriy to‘lqinda ushbu markazlar va resurslar aholiga qayta yuqori malakali yordam ko‘rsatish uchun tiklanadi»,— deydi mutaxassis.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring