Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkentda «Huquqiy axborot»  sayli o‘tkazildi

Toshkentda «Huquqiy axborot»  sayli o‘tkazildi

Foto: Adliya vazirligi matbuot xizmati

2019-yil 4-may kuni Adliya vazirligi va Toshkent shahar adliya boshqarmasi tomonidan Bandlik bosh boshqarmasi, Madaniyat boshqarmasi, Sergeli tuman hokimligi bilan hamkorlikda poytaxtimizning Sergeli tumanida «Huquqiy axborot»  sayli o‘tkazildi.

Fuqarolarning huquq va erkinliklarini amalga oshirishda ularga ko‘maklashish, yengillik yaratish, shuningdek ishsiz fuqarolarni ish bilan ta’minlash kabi ko‘plab xayrli maqsadlarni ko‘zlab tashkil etilgan mazkur sayil davomida qator tadbirlar tashkil etildi.

Jumladan, «Huquqiy axborot»  saylida fuqarolarga notarius, advokat, FHDYo bo‘limi, DXM mutaxassislari tomonidan huquqiy maslahatlar berilib, sayyor tartibda davlat xizmatlari ko‘rsatildi.

Mehnat yarmarkalari tashkil etildi. Bunda Bandlik bosh boshqarmasi va tumanlar aholi bandligiga ko‘maklashish markazlari tomonidan Toshkent shahri va Sergeli tumani bo‘yicha 40dan ziyod korxonalar qatnashib, ular tomonidan ishsiz fuqarolarning ish bilan ta’minlanishiga amaliy yordam berildi.

Shuningdek, imtiyozli kreditlar asosida beriladigan zamonaviy tikuv mashinalaridan namunalar ko‘rsatildi.

Foto: Adliya vazirligi matbuot xizmati

Bundan tashqari, sayilda imkoniyati cheklangan shaxslarning o‘z mehnati bilan tayyorlangan mahsulotlar yarmarkasi tashkil etildi. Mazkur yarmarka Adliya vazirligining «Biz birgamiz!»  ijtimoiy loyihasining mantiqiy davomi bo‘lib, bundan ko‘zlangan asosiy maqsad – sog‘lom bo‘la turib ishsizlikdan yoki yetarli sharoit yaratib berilmaganligidan norozi fuqarolarning mulohaza qilishini ta’minlashdir.

Fuqarolarning huquqiy ongi va huquqiy madaniyani yanada oshirish, ularning bu borada egallagan bilimlarini mustahkamlash maqsadida sayil ishtirokchilari uchun huquqiy savollardan iborat turli testlar hamda konkurslar uyushtirildi. Bunda berilgan savollarga to‘g‘ri javob bergan hamda testlarni yechishda yuqori natijalarga erishgan ishtirokchilar adliya boshqarmasining esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring