Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkentda favqulodda holat joriy etish taklif qilindi

Toshkentda favqulodda holat joriy etish taklif qilindi

Foto:«Xabar.uz»

Koronavirus infeksiyasidan kasallanishning yanada ko‘payishini oldini olish maqsadida «Yuksalish» umummilliy harakati tomonidan karantin rejimini kuchaytirish taklif etdi.

Xususan:

- Toshkent shahri va Toshkent viloyatida favqulodda holat joriy etish;

- Karantin shartlariga rioya etilishi ustidan lozim darajadagi nazorat olib borish uchun armiyani qisman safarbar etish;

- Butun respublika hududida temir yo‘l, havo yo‘llari, avtomobil transporti orqali yo‘lovchilarning shaharlar va tumanlararo harakatlanishini cheklash;

- Joylarda, ayniqsa mamlakatning chekka hududlarida ko‘chma punktlar va laboratoriyalar tashkil etish va ularni koronavirusni aniqlovchi ekspress-testlar bilan ta’minlash;

- Covid-19 virusini aniqlashga mo‘ljallangan ekspress-testlarning importi va realizatsiyasi bilan shug‘ullanuvchi xususiy sektorni davlat tomonidan qo‘llab quvvatlash;

- Epidemiyaga qarshi tadbirlarni amalga oshirish, jumladan barcha muassasa va tashkilotlar, jamoat joylari (transport, dam olish joylari,savdo markazlari,bozorlar,yonilg‘i quyish shahobchalari, ko‘p qavatli binolarning kirish joylari) binolarini bepul dezinfeksiya qilish;

- Alohida korxona va tashkilotlarni zarur bo‘lgan mahsulot ishlab chiqarishga yo‘naltirish, masalan, shaxsiy himoya vositalari( tibbiy niqob, respirator va b.), antiseptik vositalar, preparat va uskunalar (sun’iy nafas oldirish apparatlari);

Masofaviy xizmat ko‘rsatish tizimini, shu jumladan hududlarda zarur tibbiy dorilar va vositalar, oziq-ovqat va boshqa zaruriy mahsulotlarni yetkazib berish xizmatlarini kengaytirish.

Eslatib o‘tamiz, 24 martdan boshlab Toshkent shahridan kirib-chiqishga cheklov qo‘yildi. 

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring