Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Toshkentda beshta avtomobil o‘zaro to‘qnashib ketdi

Toshkentda beshta avtomobil o‘zaro to‘qnashib ketdi

17-oktyabr kuni Yashnobod tumanidagi Kichik xalqa avtomobil yo‘lida beshta avtomobillar ishtirokida yo‘l-transport hodisasi ro‘y berganligi haqida xabar kelib tushdi, deya xabar bermoqda Toshkent shahar IIBB matuot xizmati. 

«Mercedes-Benz» rusumli avtomobil haydovchisi 40 yoshli Baxtiyor A. svetoforning taqiqlovchi signaliga to‘xtagan. Masofa saqlanmaganligi tufayli quyidagi avtomobillar ishtirokida birin ketin to‘qnashuvlar yuz bergan: «Neksiya» rusumli avtomobilda harakatlanib borgan 32 yoshli Zoir I., «Kobalt» rusumli avtomobilda 50 yoshli Saydulla Sh., «Kaptiva» rusumli avtomobilda 19 yoshli Jahongir A. va «Neksiya» rusumli avtomobilda 56 yoshli Mirahmad A.

Voqea sababli hech kim jabr ko‘rmadi, deyiladi xabarda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring