Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkentda «BankExpo-2019» milliy ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tmoqda

Toshkentda «BankExpo-2019» milliy ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tmoqda

Foto: «Xabar.uz»

«BankExpo-2019» ko‘rgazmasi joriy yilning 11-13-aprel kunlari poytaxtimizdagi «O‘zekspomarkaz» milliy ko‘rgazmalar majmuasida bo‘lib o‘tmoqda.

Ko‘rgazmaning ochilish marosimida O‘zbekiston Banklari assotsiatsiyasi bosh direktori B.Hamidov, O‘zbekistondagi YeTTB, OTB, Islom taraqqiyot banki vakillari hamda Xalqaro moliya korporatsiyasi vakillari ishtirok etdilar.

Ko‘rgazma doirasidagi tadbirlarda mutaxassislar O‘zbekiston rivojiga investitsiya kiritish, shuningdek, o‘zaro hamkorlik istiqbollari va «Green banking» mavzusiga oid fikrlar bilan almashdilar.

«Bank-moliya sohasini samarali rivojlantirish chet el investitsiyalarini jalb etish uchun qulay shart-sharoitlar yaratishga asos bo‘ladi. Yirik xorijiy investitsiyalarni jalb etish O‘zbekiston iqtisodiyoti barqaror o‘sishining muhim shartlaridan biri hisoblanadi. Bunda zamonaviy texnologiyalarni joriy etish va xorijiy moliya institutlari tajribasini o‘rganish lozim. «BankExpo-2019» ko‘rgazmasining asosiy maqsadi – mahalliy va xorijiy moliya institutlari va ishbilarmonlik sektori vakillari o‘rtasida samarali hamkorlik o‘rnatish va professional hudud yaratishdan iborat. Banklar faoliyatini rivojlantirish – davlat iqtisodiyoti o‘sishining asosiy omilidir», deydi O‘zbekiston Banklari assotsiatsiyasi raisi Baxtiyor Hamidov.

Ko‘rgazma yakunida banklar tomonidan o‘zining eng yaxshi mijozlariga minnatdorchilik bildiruvchi tantanali mukofotlash marosimi bo‘lib o‘tadi.

«BankExpo-2019» ko‘rgazmasining rasmiy yopilish marosimi uchinchi kunning ikkinchi yarmida boshlanadi.

Namunali faoliyati bilan ajralgan banklarga O‘zbekistonda bank faoliyatini rivojlantirishga o‘z hissasini qo‘shganligi uchun turli nominatsiyalarda mukofotlanadilar. Shuningdek, «Bankning eng yaxshi xodimi» mukofoti o‘z egalariga topshiriladi..

«BankExpo-2019» milliy ko‘rgazmasi haqida batafsil ma’lumotni quyidagi ko‘rgazma sayti orqali olishingiz mumkin.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring