Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Toshkentda 12 yashar qizchaning murdasi o‘z mahallasidan topilgani aytilmoqda

Toshkentda 12 yashar qizchaning murdasi o‘z mahallasidan topilgani aytilmoqda

Foto: «Xabar.uz»

Ijtimoiy tarmoqlarda kuni kecha Yangihayot tumanida 12 yashar qizcha bedarak yo‘qolgani va ko‘ngillilar, mahalla ahli hamda ichki ishlar xodimlari tomonidan qidirilayotgani haqida xabarlar tarqaldi.

Bloger Shahnoza Soatovaning ma’lum qilishicha, afsuski, kechasi 2:30 larda qidiruv to‘xtatilgan, qizchaning murdasi mahallasidan, o‘zi yashaydigan uy yaqinidan topilgan.

Bugun ushbu mahalladagi xonadonlardan biriga o‘rnatilgan videokuzatuv kamerasidagi yozuvlar ham tarqaldi. Aytishlaricha, bu qizcha tirik holda aks etgan oxirgi video. Qizaloq boshi berk ko‘cha tomonga yuryapti, uyi o‘sha yerda, ortidan bir erkak unga tomon qo‘lini ko‘tarib nimadir degandek o‘tmoqda.

Shundan keyin qizchani hech kim ko‘rmagan – kechasi uyi yaqinidan murdasi topilgan.

Holat yuzasidan rasmiy ma’lumot berilgani yo‘q.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring