Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkent viloyatida yer ko‘chkisi sodir bo‘ldi

Toshkent viloyatida yer ko‘chkisi sodir bo‘ldi

Foto:«Railways.uz»

Joriy yilning 8-iyul kuni taxminan soat 15:30 da Angren ko‘mir konining shimoliy qismida chamasi 20 million metr kub bo‘lgan yer ko‘chkisi sodir bo‘ldi. Bu haqda «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, mazkur tabiiy ofat muhandislik kommunikatsiya, avto va temir yo‘llar hamda Angren ko‘mir koni uchun xavf tug‘dirmaydi.

«Tabiiy ofatning vujudga kelishida asosiy omil bu joriy yilning aprel-may oylarida yomg‘irning yog‘ishi (ko‘p yillik me’yordan ortiq), yer osti suvlari darajasining sezilarli darajada ko‘payishi bo‘lib, bu gidrodinamik bosimining oshishiga olib keldi. Natijada, qum tosh tuproqlarni yer osti oqimlari bilan yuvilib yer qamlamida bo‘shliqlarni hosil qildi. Bu esa o‘z navbatida Angren ko‘mir konining shimolidagi yon tomonining zaiflashishiga olib keldi» deyiladi xabarda.

O‘zbekiston Respublikasi xavfli geologik jarayonlarni kuzatish davlat xizmati tomonidan salbiy oqibatlarning oldini olish maqsadida ko‘chki doimiy ravishda kuzatilmoqda. Shuningdek, mazkur hududda Favqulodda vaziyatlar vazirligi va Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xodimlarining kunu tun navbatchiligi tashkil etilgan.

Loyiha-tadqiqot instituti mutaxassislari yer ko‘chishi sabablarini qo‘shimcha o‘rganish bo‘yicha ishlarni olib bormoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring