Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Toshkent viloyatida ishchi o‘zi ishlagan uydan qariyb 53 ming dollar o‘mardi

Toshkent viloyatida ishchi o‘zi ishlagan uydan qariyb 53 ming dollar o‘mardi

Foto:«Zarnews.uz»

Joriy yilning 28-iyun kuni Toshkent viloyatining Qibray tumanida yashovchi 35 yoshli Sh.E. IIBga murojaat qilib, shu yil fevral oyidan 27-iyun kunigacha bo‘lgan vaqt oralig‘ida noma’lum shaxs uning uyidagi 52800 AQSh dollarini o‘g‘irlab ketganligini ma’lum qilgan.

Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.

Ko‘rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni Sh.E.ning uyida yollanib ishlagan, Qashqadaryo viloyatida yashovchi 30 yoshli U.X. sodir etganligi aniqlanib, ushlangan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring