Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Toshkent temir yo‘l muhandislari instituti Xitoy universiteti bilan aloqani kuchaytirmoqda

Toshkent temir yo‘l muhandislari instituti Xitoy universiteti bilan aloqani kuchaytirmoqda

Foto: Toshkent temir yo‘l muhandislari instituti

4-iyun kuni Toshkent temir yo‘l muhandislari institutiga Sharqiy Xitoyning Szyaotun universiteti boshqaruvi raisi Van Ming rahbarligidagi delegatsiya tashrif buyurdi. Ikki oliy ta’lim muassasalari rahbarlarining muloqotida 2018-yil 10-oktyabrda imzolangan memorandum yuzasidan amalga oshirilgan ishlar va hamkorlikning ustivor yo‘nalishlari muhokama qilindi.

Muloqotda qo‘shma ta’lim dasturlari asosida talabalarni o‘qitishni tashkil etish, ikki tomonlama tan olinadigan diplom berish, o‘quv jarayoniga yuqori malakali xorijiy olimlar, o‘qituvchi va mutaxassislarni keng jalb qilish masalalari o‘rin oldi.

Oliy oliy ta’lim rahbarlari o‘zaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish barobarida dolzarb vazifa va masalalarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri va ochiq muloqotda birgalikda muhokama qildilar.

Rektor Ma’rufjon Rasulov Toshkent temir yo‘l muhandislari institutining 2019-2020 o‘quv yili uchun mo‘ljallangan strategik rejasi va xorijiy hamkorlikning bog‘liq jihatlariga to‘xtaldi.

Uchrashuv davomida mehmonlar 90 yillik tarixga ega institut va uning fakultetlari bilan yaqindan tanishdi. Yuqori texnologiyalarga asoslangan auditoriyalarga tashrif buyurib, bu yerdagi jihozlar va talabalarning ilmiy ijod qilish salohiyatlarini ko‘zdan kechirdi. Mehmonlarga xorijiy davlatlar oliy ta’lim muassasalari bilan tuzilgan shartnomalar asosida amalga oshirilgan ishlar xususida atroflicha ma’lumot berildi. Delegatsiya vakillari ishtirokida mahorat darslari tashkil etildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring