Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Toshkent shahar IIBBda yangi tayinlov amalga oshirildi

Toshkent shahar IIBBda yangi tayinlov amalga oshirildi

Foto: Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati

Mayor Fayzullayev Ilhom Istamovich Toshkent shahar IIBB Tashkiliy boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi. Bu haqda IIBB saytida xabar berildi.

2019-yilning aprel oyidan avgustga qadar – Shayhontohur tumani IIO FMB boshlig‘i o‘rinbosari – TB tergov bo‘linmalari faoliyatini tahlil qilish bo‘linmasi boshlig‘i bo‘lib ishlagan. 

Ilhom Fayzullayev 1981-yil Buxoro viloyatida tavallud topgan.

Ma’lumoti oliy, Toshkent davlat yuridik institutini (hozirda Toshkent davlat yuridik universiteti) tugallagan.

Ichki ishlar organlarida xizmatni 2008-yilda Toshkent shahri Yunusobod tumani IIB (hozirda Yunusobod tumani IIO FMB) Tergov bo‘limi tergovchisi sifatida boshlagan.

2010-2016-yilladra Toshkent shahar Yunusobod tumani IIB Tergov bo‘limi bo‘linmasining katta tergovchisi, o‘ta muhim ishlar bo‘yicha katta tergovchi bo‘lib xizmat qilgan.

2016-2017-yilning may oyigacha Toshkent shahar Mirobod tumani IIB (hozirda Mirobod tumani IIO FMB) Tergov bo‘limi bo‘linmasi boshlig‘i bo‘lgan.

2017-yil may oyidan 2018-yilning mart oyiga qadar Toshkent shahar Chilonzor tumani IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari-surishtiruv bo‘linmasi boshlig‘i.

2018-yilning mart oyidan 2019-yilning aprel oyigacha Toshkent shahar IIBB Tergov boshqarmasi bo‘limi boshlig‘i, Toshkent shahar Yunusobod tumani bo‘yicha IIO FMB 8-son Ichki ishlar bo‘limi Tergov bo‘linmasi boshlig‘i, Toshkent shahar Yunusobod tumani bo‘yicha IIO FMB 4-son ichki ishlar bo‘limi Tergov bo‘linmasi boshlig‘i lavozimlarida xizmat olib borgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring