Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkent markazida bosh ofis va yangi IT Akademiya ochildi

Toshkent markazida bosh ofis va yangi IT Akademiya ochildi

Toshkent shahrida IT markazlarini boshqarish bosh ofisi va yangi IT Akademiya axborot texnologiyalari sohasiga qiziqqan barcha insonlar uchun o‘z eshiklarini ochdi.

IT markazlarni boshqarish bosh ofisi shahar markazida, «O‘zbekiston pochtasi» AJ binosining pastki qavatida joylashgan. IT Akademiya shu binoning birinchi qavatida joylashgan.

Asosiy ofisda zamonaviy 3D printerlar, Arduino, LEGO Mindstorm df Studica to‘plamlari bilan jihozlangan mobil robot laboratoriyasi bo‘ladi, shuningdek, IT Park jamoasi turli xil mahalliy va xalqaro kibersport chempionatlariga tayyorgarlik ko‘rish va o‘z mahoratini oshirishi uchun bootcamp tashkil etiladi.

Eslatib o‘tamiz, IT markazlarda quyidagi mutaxassisliklar bo‘yicha ta’lim olish mumkin:

- Kompyuter savodxonligi;

- Chuqurlashtirilgan MS Office;

- Veb dasturlash tillari;

- Grafika va dizayn asoslari;

- Mobil ilovalarni yaratish;

- Python dasturlash tili;

- Arduino va LEGO Mindstorms asosida ishlaydigan mobil robotlar;

- Kibersport: CS: GO, Dota2, FIFA20.

IT Akademiyada esa kattalar va bolalar uchun dasturlash bo‘yicha oflayn kurslar o‘tkaziladi.

IT Akademiyaoflayn kurslarining yangi blok formati har biri alohida texnologiyalarni o‘rganishga bag‘ishlangan 3 ta alohida blokni (boshlang‘ichdan professional dasturlashgacha) o‘z ichiga oladi.

Mashg‘ulotlarga quyidagi havola orqali yozilish mumkin: http://it-academy.uz

IT Markazlar: http://itcenter.uz

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring