Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkent markazida suv quvuri «portladi» (video)

Toshkent markazida suv quvuri «portladi» (video)

Foto: Videolavhadan skrinshot

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkentdagi Nukus ko‘chasi ostidan o‘tgan issiq suv quvuri yorilib ketgani aks etgan video tarqaldi.

Aytishlaricha, suv 5 qavatli bino balandligida otilgan. 

Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati ushbu hodisaga o‘z munosabatini bildirdi. Qayd etilishicha, isitish mavsumiga tayyorgarlik jarayonida yakuniy bosim berish bosqichida yuqori bosim ta’sirida quvur yorilgan.

«Befarq bo‘lmagan fuqarolarimiz tomonidan berilgan tezkor axborot sababli o‘z vaqtida zarur choralar ko‘rilib, ta’mirlash ishlari olib borilmoqda. Ushbu hududda amalga oshirilgan ishlar natijasi haqida yana xabardor qilamiz», deyiladi hokimlik xabarida.

Qo‘shimcha qilinishicha, Nukus ko‘chasining Oybek ko‘chasidan Avliyo ota ko‘chasigacha bo‘lgan qismi ushbu hodisa sabab vaqtincha yopilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring