Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

To‘lov-kontraktlarni oyma-oy bo‘lib to‘lash imkoniyati yaratildi

To‘lov-kontraktlarni oyma-oy bo‘lib to‘lash imkoniyati yaratildi

Foto:«Xabar.uz»

Endi OTM talabalari to‘lov-kontrakt pullarini oyma-oy bo‘lib to‘lash imkoniyatiga ega bo‘lishadi. Bu haqda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019-yilda oliy ta’lim muassasalarida to‘lov-kontrakt asosida o‘qitish qiymatining o‘rnatilishiga taalluqli sharhida ma’lum qilingan.

«Aholiga to‘lovlarni amalga oshirishda yengillik yaratish maqsadida kontrakt summalarini oyma-oy bo‘lib to‘lash imkoniyati beriladi hamda oliy ta’lim muassasalari rektorlari to‘lov muddatlarini uzaytirish vakolatiga ega bo‘ladi» deyiladi sharhda.

Shuningdek, to‘lovlarning oshishiga yangi o‘quv yilida to‘lov-kontrakt qiymati miqdorini 18 foizga oshirilishida (indeksatsiya qilishda) asosiy omil sifatida, oliy ta’lim muassasalari xodimlarining ish haqi miqdorlari (o‘tgan o‘quv yilida 3 marotaba), kommunal xizmatlar tariflar va boshqa saqlash xarajatlari oshgani holda, oliy ta’lim muassasalari xarajatlarini daromadlariga nisbatan 74 foizga o‘sganligi inobatga olingani aytilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring