Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Tojikistonga qishloq xo‘jaligi texnikalari yuborildi (foto)

Tojikistonga qishloq xo‘jaligi texnikalari yuborildi (foto)

Foto: «O‘zagrotexsanoatxolding» AJ matbuot xizmati

O‘zbekiston Respublikasining Tojikistondagi elchixonasi ko‘magida «O‘zagrotexsanoatxolding» AJ hamda «ORIYENBANK» OAJ hamkorligida 2019-yilning fevral oyida «Orion-Uzagro» kompaniyasi tuzilgani haqida xabar bergan edik.

«O‘zagrotexsanoatxolding» AJ matbuot xizmati xabar berishicha, yangi tashkil etilgan «Orion-Uzagro» qo‘shma ishlab chiqarish korxonasi yurtimizda ishlab chiqarilayotgan texnikalarni keng targ‘ib qilish, eksport salohiyatini yanada oshirishga xizmat qilmoqda.

Shu maqsadida tashkil qilingan «showroom»da namoyish qilish uchun 30 va 31-may kunlari «O‘zagrotexsanoatxolding» AJ tizim korxonalari tomonidan ishlab chiqariladigan traktorlar, qishloq xo‘jaligi texnikalari hamda agregatlarning jamlanmasi Tojikistonga yuborildi.

Foto: «O‘zagrotexsanoatxolding» AJ matbuot xizmati
Foto: «O‘zagrotexsanoatxolding» AJ matbuot xizmati
Foto: «O‘zagrotexsanoatxolding» AJ matbuot xizmati

Tojikistonga jami 5 ta traktor, 3 ta maxsus texnika hamda 20 ta qishloq xo‘jaligi texnikalari jo‘natilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring