Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Tojikistonda mashina daryoga qulashi oqibatida O‘zbekiston fuqarosi vafot etdi

Tojikistonda mashina daryoga qulashi oqibatida O‘zbekiston fuqarosi vafot etdi

Foto: Sputnik

O‘zbekistonning Tojikistondagi elchixonasi bergan ma’lumotga ko‘ra, 2019 yilning 30 iyul kuni So‘g‘d viloyati Shahriston dovonida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasi va mashinaning daryoga qulab ketishi oqibatida O‘zbekiston fuqarosi A.D. vafot etdi. Boshqa hamyurtimiz A.N. jarohat olgan va kasalxonaga yotqizilgan.

Marhumning jasadi qarindoshlari hamrohligida O‘zbekistonga yuborildi.

Elchixona vaziyatni nazoratga oldi va jarohatlangan hamyurtimizga yordam berishning konsullik-huquqiy masalalari bilan shug‘ullanmoqda.

Konsullik-huquqiy departamenti marhumning oila a’zolari va yaqinlariga ta’ziya bildiradi va Tojikiston hududida bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolariga zarurat vaziyatlarda mamlakatimizning Dushanbedagi elchixonasiga quyidagi telefon raqamlari orqali murojaat qilishlari mumkinligini eslatib o‘tadi: +992-37-224-75-39, +992-37-228-99-03, +992-37-224-75-42.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring