Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Tojikistonda koronavirusni yuqtirganlar ikki mingga yaqinlashib qoldi

Tojikistonda koronavirusni yuqtirganlar ikki mingga yaqinlashib qoldi

Foto: «Vesveter.ru»

Tojikistonda koronavirusga chalinganlar soni 207 nafarga ko‘payib, 1936 kishiga yetdi, deya mamlakat sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmatiga tayanib «RIA Novosti» xabar berdi.

«Seshanba oqshom holatiga ko‘ra Tojikistonda 207 ta yangi koronavirus bilan kasallanish holati qayd etilib, 1936 kishiga yetdi, o‘tgan bir kecha-kunduzda mazkur kasallikdan vafot etganlar yo‘q», — dedi agentlik suhbatdoshi.

Matbuot markazining ma’lumotiga ko‘ra, hozir mamlakatda 3781 kishi tibbiyot xodimlari nazoratida turibdi, o‘tgan bir kecha-kunduzda 641 nafar bemor shifoxonadan tuzalib chiqqan.

Amerikaning Jons Xopkins universitetining ma’lum qilishicha, Tojikistonda COVID-19 tufayli 41 kishi hayotdan ko‘z yumgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring