Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

O‘zbekiston TIV Turkiyaga borishni istagan va u yerda bo‘lib turgan fuqarolarga murojaat qildi

O‘zbekiston TIV Turkiyaga borishni istagan va u yerda bo‘lib turgan fuqarolarga murojaat qildi

O‘zbekistonning Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasi Turkiyada bo‘lib turgan yoki ushbu mamlakatga borishni rejalashtirayotgan o‘zbekistonliklarga murojaat bilan chiqdi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar berdi.

Sentyabr oyida Toshkent—Istanbul—Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha muntazam reyslar tiklangandan so‘ng fuqarolarning turli xil maqsadlarda (biznes, davolanish, o‘qish, turizm va hokazo.) Turkiyaga borishi sezilarli darajada oshgan.

Qayd etilishicha, O‘zbekistonga qaytayotganda 72 soatdan ko‘p bo‘lmagan muddatda topshirilgan PZR-test tahlili talab etiladi va ba’zi fuqarolarda ushbu testlarning natijasi ijobiy chiqayotgani aniqlanmoqda.

«Turkiyadagi tegishli vazirlik va tashkilotlarning bayonlariga muvofiq, COVID-19 sug‘urtasiga ega chet el fuqarolari kasallanib qolganda davlat tashkilotlarida bepul davolanishlari mumkin. Shuningdek, kasallikni yengil o‘tkazayotgan turistlarning 10-14 kunlik karantin muddatini mehmonxona maxsus xonasida o‘tkazishlari va buning uchun ketgan xarajatlar ham sug‘urta hisobidan qoplanishi belgilangan.

Shu bilan birga, koronavirus tashuvchilari bilan bevosita muloqotda bo‘lgan fuqarolarimizning ham mehmonxonalarda majburiy karantinda qolishlari majburiy bo‘lgan holatlar kuzatilmoqda. Ammo bu vaziyatda fuqaro bevosita COVID-19 bilan kasallanmagani sababli sug‘urta polislari mehmonxonada qolish xarajatlarini qoplashni nazarda tutmagan», — deyiladi murojaatda.

Shu munosabat bilan Turkiyaga turli maqsadlarda kelishni rejalashtirayotgan fuqarolarga quyidagilar tavsiya qilinadi:

  • COVID-19 bilan ehtimoliy kasallanish xavfini inobatga olib tibbiy sug‘urta polisini sotib olish;
  • sug‘urta shartnomasiga «PZR-testining natijasi salbiy bo‘lishiga qaramay, sug‘urtalanuvchi COVID-19 tashuvchisi bilan muloqotda bo‘lganlik sababli majburiy karantinda qolishiga to‘g‘ri kelsa, tegishli xarajatlarni qoplash» to‘g‘risidagi bandni kiritish;
  • sug‘urta agentligidan koronavirus infeksiyasini yuqtirish holatida amalga oshiriladigan zarur harakatlar algoritmini bilib olish.

O‘z navbatida, COVID-19 bilan kasallanishning oldini olish maqsadida, shuningdek, huquqni muhofaza qilish idoralari tomonidan karantin choralari kuchaytirilgani munosabati bilan virusga qarshi gigiyenaga va ijtimoiy masofaga qat’iy amal qilish so‘ralgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring