Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«Tirilgan» jurnalist Babchenko intervyu uchun 50 ming dollar talab qildi

«Tirilgan» jurnalist Babchenko intervyu uchun 50 ming dollar talab qildi

Foto: «Progomel.by»

Hamma Arkadiyning qayerga g‘oyib bo‘lgani xususida bosh qotirayotganda uning o‘zi Rossiyaga qaytmaslik qaroriga kelganini sirli ravishda e’lon qildi. Bu haqda «Life» xabar bergan.

O‘tgan yili o‘z o‘limini sahnalashtirgan rossiyalik taniqli jurnalist Arkadiy Babchenko Ukrainani tark etdi. Bu haqda uning hamkasbi Yevgeniy Kiselyov «Feysbuk»dagi sahifasida yozgan.

Babchenko Ukrainadan yo Estoniyaga, yo Finlyandiyaga jo‘nab ketdi. Bir umrga bo‘lishi ham mumkin, — deya ta’kidlaydi jurnalist.

Federal yangiliklar agentligi manbasining ta’kidlashicha, Babchenko hozir Norvegiyada. U 2019-yil may oyida saylovda Vladimir Zelenskiy g‘alaba qozongach, o‘sha yerga qochib ketgan.

Nashrning yozishicha, hozir jurnalist Yevropada siyosiy boshpana olish niyatida. Negaki hukumatning ta’qib qilishidan cho‘chimoqda.

Babchenko haligacha o‘ziga joy topolgani yo‘q. 1-noyabrda u «Feysbuk»da «Rossiyaga qaytmasligini tushunib yetgani» haqida post qoldirdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, agar kelgan taqdirda ham, «qo‘ng‘iroq qiladigan hech kimi yo‘q».

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yili ukrain matbuotida Babchenkoning Kiyevda orqasiga bir nechta o‘q tegishi oqibatida o‘lgani haqida xabar berilgandi. Ma’lum bo‘lishicha, suiqasd va o‘lim sahnalashtirilgan: rossiyalik jurnalist tirik, mazkur operatsiya ukrain maxsus xizmat vakillari tomonidan uyushtirilgan va amalga oshirilgan. Boz ustiga, «tirilgandan» so‘ng jurnalist eksklyuziv intervyusi uchun 50 ming dollar talab qilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring