Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Tavsiyanomaga ega abituriyentlar arizasi 20 iyulgacha qabul qilinadi. Nimalar kerak?

Tavsiyanomaga ega abituriyentlar arizasi 20 iyulgacha qabul qilinadi. Nimalar kerak?

Foto: «Google.com»

Tavsiyanomaga ega bo‘lgan abituriyentlarning sirtqi va kechki ta’lim shakliga o‘qishga qabul qilish haqidagi arizalari muayyan oliy ta’lim muassasasi qabul komissiyasi tomonidan 20-iyulgacha (shu kuni ham) qabul qilinadi.

Tavsiyanomaga ega bo‘lgan abituriyentlar oliy ta’lim muassasasi qabul komissiyasiga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:

- ta’lim yo‘nalishi, o‘quv tili, shakli ko‘rsatilgan holdagi ariza;

- umumiy o‘rta ta’limni (11-sinf negizida) tugatganligi haqidagi hujjat yoki o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasasini tugatganligi haqidagi hujjat va uning ilovasi asl nusxalari;

- pasportning nusxasi;
3,5 x 4,5 sm o‘lchamdagi 6 dona rangli fotosurat;

- mehnat daftarchasidan belgilangan tartibda tasdiqlangan ko‘chirma;

- abituriyentning ishlab turgan joyi bo‘ysunuvchi vazirlik yoki idora yoki yirik xo‘jalik birlashmasidan belgilangan shakldagi tavsiyanoma;

- tavsiyanomaga ega bo‘lgan abituriyentning ishlab turgan joyi bo‘ysunuvchi vazirlik yoki idora yoki yirik xo‘jalik birlashmasi tomonidan talabaning butun o‘qishi (sirtqi ta’lim shakli uchun 5 yil, kechki ta’lim shakli uchun 4 yil) uchun to‘lov-shartnoma mablag‘larni o‘z vaqtida to‘lab berish bo‘yicha kafolat xati.

Tavsiyanomaga ega bo‘lgan abituriyentlar tomonidan pasport qabul komissiyasiga shaxsan ko‘rsatiladi.

Tavsiyanomaga ega bo‘lgan abituriyentlar bilan suhbatlar 10-avgustdan 20-avgustga qadar o‘tkaziladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring