Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

TATUda talabalar va o‘quvchilar uchun virtual ta’lim tizimlari ishga tushirildi

TATUda talabalar va o‘quvchilar uchun virtual ta’lim tizimlari ishga tushirildi

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida maktab, akademik litsey o‘quvchilari, OTM talablari va AKT sohasida bilim olishni hohlagan tinglovchilar uchun 4 ta virtual ta’lim tizimi o‘z faoliyatini boshladi. Bu haqda TATU matbuot xizmati xabar berdi.

Bular:

10-11-sinf o‘quvchilari uchun zarur fanlardan ma’lumotlarni masofadan turib olish imkonini beruvchi – http://maktab.tuit.uz/ tizimi ishga tushirildi.

Dasturiy injiniring fakulteti professor-o‘qituvchilari tomonidani ishga tushirilgan http://moodle.tuit.uz virtual ta’lim tizimida kunduzgi, sirtqi bo‘lim talabalari 170 dan ortiq fanlardan o‘z bilimlari mustahkamlashi mumkin.

Axborot xavfsizligi fakulteti va Kompyuter injiniringi fakulteti professor-o‘qituvchilari tomonidan http://ereader.tuit.uz/ mobil telefon va planshetlar uchun elektron ta’lim tizimi ishga tushirildi.

AKT sohasida boshlang‘ich bilimlarni egallashni xohlovchilar uchun Buyuk Britaniyaning O‘zbekistondagi elchixonasi texnik yordami va YuNESKO loyihalari doirasida http://mooc.tuit.uz/ elektron ta’lim platformasi ishlab chiqildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring