Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

TATUda O‘zbekiston OTMlari orasida yagona bo‘lgan media-markaz ochildi (foto)

TATUda O‘zbekiston OTMlari orasida yagona bo‘lgan media-markaz ochildi (foto)

Foto: «Xabar.uz»

Bugun, 29-oktyabr kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida O‘zbekiston Respublikasi hamda Yaponiya hukumatlari o‘rtasidagi kelishuvga muvofiq mamlakatimizdagi OTMlar orasida yagona bo‘lgan, umumiy qiymati 1,6 mln. AQSh dollarini tashkil etuvchi o‘quv media-markazi ochildi.

O‘quv media-markazining ochilish marosimida O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Shuhrat Sodiqov, Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligining (JICA) vitse-prezidenti janob Kazuxiko Kashikava, TATU rektori To‘lqin Teshaboyev, Yaponiya elchisi janob Fujiyama Yoshinori, universitet professor-o‘qituvchilari, OAV vakillari hamda talabalar ishtirok etishdi.

Ochilish marosimidan so‘ng tadbir ishtirokchilari va mehmonlarga media-markazning barcha imkoniyatlari, eng ilg‘or texnologiyalar, uning faoliyati to‘g‘risida batafsil ma’lumotlar berildi.

Qayd etilishicha, o‘quv media-markazidan xalqaro tajribalardan kelib chiqib, oliy ta’limning ilg‘or standartlarini joriy etish, ta’lim tizimida eng so‘nggi zamonaviy texnologiyalarni qo‘llash, shuningdek, talabalarga nafaqat nazariy bilimlar berish, balki amaliy ko‘nikmalarni rivojlantirishda foydalaniladi. Bu orqali esa zamonaviy media makoniga yuqori tajribaga ega bo‘lgan mutaxassislarni yetkazib berish maqsad qilingan.

Ma’lumot o‘rnida aytish kerakki, media o‘quv markazida texnik qurilmalarni yetkazish va o‘rnatish ishlari Yaponiyaning Marubeni kompaniyasi tomonidan amalga oshirildi.

Loyiha doirasida oliygoh media-markaziga TV dasturlarni tasvirga olish tizimi, TV yoritkich qurilmalari, virtual studiya, TV yangiliklarni yaratish qurilmalari, videomontaj tizimi, raqamli fotostudiya qurilmalari, audio yozish tizimi, media pavilonni boshqarish qurilmalari o‘rnatilgan. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring