Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

TATUda avstriyalik professor dars berishni boshladi

TATUda avstriyalik professor dars berishni boshladi

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida 2019-2020 o‘quv yillari davomida 22 nafar xorijiy professor-o‘qituvchilar TATU talabalariga ta’lim berdi.

Hususan, joriy yilning 8 — 23-fevral kunlari Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetiga Klagenfurt universiteti (Avstriya) professori Jean Chamberlain Chedjou «Nonlinear dynamics» fanidan o‘qitish uchun «Radio va mobil aloqa» fakultetiga tashrif buyurdi.

Professori Jean Chamberlain Chedjou tashrifidan ko‘zlangan maqsad — Dynamics: Modelling, Simulation and CNN-based computing mavzusida 30 soat ma’ruza va 30 soat amaliyot mashg‘ulotlarini o‘tkazish, magistratura va PHD talabalari bilan birgalikda ilmiy muammolarni yechib, yuqori impakt faktorli jurnallarda maqola chop etish, PHD dissertatsiyalarga ikkinchi rahbar bo‘lib faoliyat olib borish ko‘zda tutilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring