Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«Tashkent city»da ikki bog‘bon o‘rtasidagi janjalning oqibati yomon bo‘ldi

«Tashkent city»da ikki bog‘bon o‘rtasidagi janjalning oqibati yomon bo‘ldi

Foto: Vikipediya

Internet tarmog‘ida tarqalgan tungi vaqtda «Tashkent city» hududida 22 yoshli Izzatullo F.ga shu yerda ishlaydigan Umid va boshqalar tomonidan «o‘ta og‘ir darajada» tan jarohati yetkazilganligi ko‘rsatilgani haqida xabarlar tarqalgandi. Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB quyidagilarni ma’lum qildi.

16-fevral kuni taxminan soat 22.30 larda, «Tashkent city» sayilgohi hududida, shu yerda bog‘bon bo‘lib ishlovchilar — 20 yoshli Umid A. va 22 yoshli Izzatullo F. o‘zaro janjallashib qolgan.

Natijada Umid A. Izzatullo F.ga tan jarohati yetkazgan.

Sud-tibbiy ekspretiza xulosasiga ko‘ra, jabrlanuvchiga yetkazilgan tan jarohatlari og‘irlik darajasiga ko‘ra «o‘rtacha og‘ir jarohatlar» deb baholangan.

Mazkur holat yuzasidan Shayxontohur tumani IIO FMB tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 105-moddasi 1-qismi («Qasddan badanga o‘rtacha og‘ir shikast yetkazish») alomatlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. 20 yoshli Umid A. jinoyat ishida gumon qilinuvchi sifatida jalb etilgan.

Tergov davom etmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring