Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Taniqli va tajribali huquqshunos raislikka saylandi

Taniqli va tajribali huquqshunos raislikka saylandi

Taniqli va tajribali huquqshunos Paraxat Aytniyazov Qoraqalpog‘iston Respublikasi Konstitutsiyaviy nazorat qo‘mitasining raisi etib saylandi. Bu haqda Sudyalar oliy kengashi matbuot xizmati ma’lum qilmoqda.

1950-yilda Nukus shahrida tug‘ilgan P. Aytniyazov mehnat faoliyatini Amudaryo tumani «Berdaq» xo‘jaligida oddiy ishchilikdan boshlagan. Oliy ta’limdan so‘ng Nukus shahar sudida stajyor, sudya, Qo‘ng‘irot tuman sudi raisi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vaziri o‘rinbosari, sobiq Ittifoq Adliya vazirligida katta maslahatchi vazifalarida faoliyat yuritgan.

Shuningdek, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesida qo‘mita raisi, Qoraqalpog‘iston Oliy sudi raisi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi katta konsultanti vazifalarida ham samarali mehnat qilgan.

U Qoraqalpog‘iston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan yurist, «Do‘stlik» ordeni sohibidir.

Tayinlovga qadar Paraxat Aytniyazov O‘zbekiston Sudyalari Assotsiatsiyasi raisining o‘rinbosari — Sudyalar oliy kengashi a’zosi (jamoatchilik asosida) sifatida ishlab kelayotgan edi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring