Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Taniqli sharhlovchi Davron Fayziyev O‘FAda ish boshladi

Taniqli sharhlovchi Davron Fayziyev O‘FAda ish boshladi

Taniqli sharhlovchi Davron Fayziyev O‘FA tizimida ish boshladi. U Matbuot va media departamenti direktori sifatida faoliyat yuritadi.

O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasining OAV bilan ishini yanada samarali yo‘lga qo‘yish, matbuot va media departamenti ish faoliyatini yaxshlash, terma jamoalar va milliy futbolimizga oid yangilik va xabarlarning tezkorlik bilan xolis tarzda yetkazib berilishini ta’minlash maqsadida O‘FA matbuot va media departamentiga yangi direktor tayinlandi.

Endilikda taniqli sharxlovchi, o‘zbek jurnalistikasida o‘z o‘rniga ega, xususan sport jurnalistikasida nom qozongan Davron Fayziyev O‘FA matbuot va media departamentiga rahbarlik qiladi.

«O‘zbek futbolini rivojlantirish yo‘lida O‘FAning har bir departamentida o‘z ishining professionallari faoliyat olib borishi talab etiladi. Shu boisdan O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasining OAV va muxlislar bilan o‘zaro aloqalarini yangi bosqichga olib chiqilishi, turli yoshdagi terma jamoalarimizning faoliyati to‘liq xamda keng yoritilishini ta’minlashda ushbu sohaning yetuk mutaxassislaridan biri sanaluvchi Davron Fayziyevga ishonch bildiramiz», — deya ta’kidladi Ravshan Ermatov.

Xabar.uz’ga ma’lum qilinishicha, Davron Fayziyev shu bilan birga UzReport TV va Futbol TV kanallari bilan ijodiy hamkorlikni davom ettiradi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring