Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Taniqli rassom Qo‘qonda ulkan ko‘za va piyola chizdi

Taniqli rassom Qo‘qonda ulkan ko‘za va piyola chizdi

Foto: Xabar.uz

Andijonlik rassom Murod Umar o‘zining 3D yo‘nalishidagi rasmlari bilan ko‘pchilikka tanish. Uning navbatdagi ijodiy ishi ilk marotaba Xalqaro hunarmandchilik festivali o‘tayotgan Qo‘qon shahrida yana bo‘y ko‘rsatdi.

— Anjumanga hissamizni qo‘shish, milliy qadriyatlarimizni aks ettirish maqsadida shogirdim Xusniddin Baydjumanov bilan uzoq izlandik, — deydi rassom. — Taklif etilgan ko‘plab namunalar ichidan Qo‘qonga xos bo‘lgan ko‘za va piyolani tanladik va uning eskizini yaratdik.

Festival o‘tadigan hududdagi beton yo‘lakka tushirilgan tasvirning uzunligi 50 metr bo‘lib, ma’lum masofa va balandlikdan suratga olinganida ulkan ko‘za va piyolaning tik turgan shakli paydo bo‘ladi. O‘ziga xos san’at asari bayramona tarzda boshlangan festival ishtirokchilariga zavq-shavq bag‘ishlab, piyola ichida yoki ko‘zani ushlab rasmga tushuvchilar safi kengaymoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring