Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Taniqli mutaxassis Uzbekistan Airports kompaniyasiga direktor bo‘ldi

Taniqli mutaxassis Uzbekistan Airports kompaniyasiga direktor bo‘ldi

Ra’no Jo‘rayeva.

Foto: «s7space.ru»

Uzbekistan Airports kompaniyasiga Ra’no Jo‘rayeva rahbar etib tayinlandi. Bu haqda kompaniya kuzatuv kengashi a’zosi Aziza Umarova xabar berdi.

Qayd etilishicha, biroz muqaddam Bosh vazir Abdulla Aripov «Uzbekistan Airports» rahbarini tanishtirgan. Rossiyadagi uzoq yillik faoliyatidan keyin O‘zbekistonga qaytgan Ra’no Jo‘rayevaga ushbu lavozim topshirilgan.

Eslatib o‘tamiz, asli toshkentlik Ra’no Jo‘rayeva bunga qadar Rossiyaning eng yirik aviatsion va kosmik xoldingi rahbari edi.

Ra’no Jo‘rayeva – ushbu sohaning eng kuchli menejerlaridan biri. «S7 Group» aviatsiya-kosmik xoldingiga o‘tishidan avval u bir necha yil davomida «Roskosmos»ning «Yer usti kosmik infratuzilmasi ob’yektlarini ekspluatatsiya qilish markazi»ni boshqargan. Shuningdek, «Eyrport Menedjment Kompani Ltd»ning biznesni rivojlantirish bo‘yicha direktori lavozimida Domodedovo aeroport kompleksini rivojlantirishga doir loyihalarni amalga oshirgan.

Ma’lumot uchun, Uzbekistan Airports AJ zimmasiga quyidagi 11ta xalqaro aeroportlarni boshqarish yuklatilgan:

  • «Andijon xalqaro aeroporti» MChJ;
  • «Buxoro xalqaro aeroporti» MChJ;
  • «Qarshi xalqaro aeroporti» MChJ;
  • «Navoiy xalqaro aeroporti» MChJ;
  • «Nukus xalqaro aeroporti» MChJ;
  • «Namangan xalqaro aeroporti» MChJ;
  • «Samarqand xalqaro aeroporti» MChJ;
  • «Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroporti» MChJ;
  • «Termiz xalqaro aeroporti» MChJ;
  • «Urganch xalqaro aeroporti» MChJ;
  • «Farg‘ona xalqaro aeroporti» MChJ.

Shuningdek, Uzbekistan Airways kompaniyasi rahbariyatida ham o‘zgarishlar ro‘y bergan. Bu haqda keyinroq ma’lumot beriladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring