Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Taniqli jurnalist Sergey Dorenko vafot etdi

Taniqli jurnalist Sergey Dorenko vafot etdi

Foto: «RIA Novosti»

Rossiyalik taniqli jurnalist, «Govorit Moskva» radiostansiyasi bosh muharriri Sergey Dorenko baxtsiz hodisa oqibatida 60 yoshida vafot etdi. Bu haqda «RIA Novosti» xabar berdi.

Dorenko mototsiklda ketayotganda o‘zini yomon his qilgan va yiqilib tushgan. Shifokorlar uning hayoti uchun kurashishgan, biroq saqlab qolishning imkoni bo‘lmagan.

Dorenko 2014-yildan «Govorit Moskva» radiostansiyasi bosh muharriri sifatida faoliyat ko‘rsatib kelgan. Bungacha u «Russkaya slujba novostey» stansiyasi radioboshlovchisi va bosh muharriri bo‘lgan. U, shuningdek, televideniyeda o‘z vaqtida «Vremya» va «Avtorskaya programma Sergeya Dorenko» ko‘rsatuvlari orqali nom qozongan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring