Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ta’lim va kasb-hunar – Andijonda yangi tajriba

Ta’lim va kasb-hunar – Andijonda yangi tajriba

Prezident Shavkat Mirziyoyev bugun Andijon viloyatida bo‘lib turibdi. Davlat rahbari Andijon tumanidagi 55-maktab faoliyati bilan tanishdi va ta’lim bilan birgalikda turli kasb-hunarga o‘rgatish bo‘yicha yo‘lga qo‘yilgan tajriba bilan tanishdi.

Ushbu tajriba bejizga 55-maktabda yo‘lga qo‘yilmagan. Maktab 2019 yilda tashkil etilgan bo‘lib, o‘tgan yili 60 ga yaqin bitiruvchidan atigi 2 nafari oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kira olgan.

Shu bois maktabda ta’lim sifatini yaxshilash bilan birgalikda bo‘sh turgan yerto‘la qismi tadbirkorlarga ajratilib, 14 ta xonada tikuvchilik, savat to‘qish, ko‘rpa-to‘shak ishlab chiqarish, mebelchilik, kosibchilik va qandolatchilik yo‘lga qo‘yildi. O‘quvchilar maktabdan so‘ng o‘zlariga ma’qul bo‘lgan hunarni o‘rganish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.

E’tiborli tomoni, maktab hovlisida nonvoyxona, avtomobillarga texnik xizmat ko‘rsatish, payvandlash, elektrotexnika, tipografiya, kompyuter xizmati va sartaroshlik xizmati tashkil etilgan. Maktabning yuqori sinf o‘quvchilari darsdan keyin ishlab, hunar o‘rganmoqda.

Shu bilan birga 55-maktabda ta’lim sifatini oshirishga ham e’tibor qaratilmoqda. Sinf xonalari zamonaviy uslubda jihozlandi va qo‘shimcha o‘qituvchilar olib kelindi. Ayni vaqtda maktabda fransuz tilini chuqurlashtirgan holda o‘tish rejalashtirilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring