Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ta’lim tizimidagi barcha zaruriy bosma mahsulotlar sifati AOKA tomonidan ta’minlanadi

Ta’lim tizimidagi barcha zaruriy bosma mahsulotlar sifati AOKA tomonidan ta’minlanadi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti 2019-yil 2-fevral kuni imzolagan qarorida tasdiqlangan Dasturga muvofiq Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tarkibidagi matbaa uylari respublika ta’lim tizimi uchun zarur bo‘lgan barcha bosma mahsulotlar sifati ta’minlanishini kafolatlaydi. Bu haqda Prezident huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligining «Telegram»dagi rasmiy sahifasida ma’lum qilindi.

«Umumta’lim maktablari, oliy o‘quv yurtlaridagi mavjud jurnal, reyting daftarchasi, talabalik guvohnomalarining bosma holati tahlil qilinganda, bir qator kamchiliklar, imloviy va mazmuniy xatolar aniqlandi, – dedi «O‘zbekiston» nashriyot-matbaa ijodiy uyi direktori o‘rinbosari Mizrob Bo‘ronov. – Tadbirkorlarga keng yo‘l ochish borasida qabul qilingan qaror asosida, shu vaqtga qadar ta’lim tizimi uchun zarur bosma mahsulotlar xususiy korxonalarda bosib chiqarilar edi. Biroq ularda muharrir va musahhihlar guruhi ishlamasligi, shuningdek, xususiy nashriyotlar mahsulotni davlat standarti va sanitariya inspeksiyasi nazoratidan o‘tkazmasliklari sababli yuqoridagi kamchiliklar kuzatilgan».

Qayd etilishicha, talabalik guvohnomasi, reyting daftarchalari, sinf jurnallari, o‘zlashtirish tabellari, attestatlar va boshqa bosma mahsulotlar sifatini ta’minlash joriy yildan e’tiboran faqatgina Agentlik tasarrufidagi matbaa uylariga yuklatilgan.

«Ushbu tizimni joriy etishdan maqsad – bosma mahsulotlarning sifatliligi va sanitariya me’yorlariga mos kelishini ta’minlashdan iborat, – dedi Mizrob Bo‘ronov. – Oliy va o‘rta maxsus ta’limi hamda Xalq ta’limi vazirliklari bilan qo‘shma shartnoma asosida har yili davlat standartlariga javob beradigan va kafolatlangan bosma mahsulotlar buyurtma qilingan miqdorda, o‘z vaqtida ta’lim muassasalariga yetkazib beriladi».

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring