Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Tadbirkor ayollar uchun eng qulay davlat

Tadbirkor ayollar uchun eng qulay davlat

Foto: «Smashingtrade.com»

22-noyabrda «Mastercard» transmilliy moliyaviy korporatsiyasi tadbirkor ayollar faoliyati (Index of Women Entepreneurs)ning galdagi reytingini chop etdi, deya xabar berdi «Regnum».

Biznesda muvaffaqiyat qozonishni xohlovchi ayollar uchun eng qulay sharoit va imkoniyatlarga ega 10 ta davlat aniqlandi: AQSh (70,3 punkt), Yangi Zelandiya (70,2 punkt), Kanada (69 punkt), Isroil (68,4 punkt), Irlandiya (67,7 punkt), Tayvan (66,2 punkt), Shveysariya (65,8 punkt), Singapur (65,6 punkt), Buyuk Britaniya (65,6 punkt).

O‘tgan yil bilan taqqoslaganda Janubiy Koreya to‘rt qator yuqoriga ko‘tarilib, 59 punkt bilan 36-o‘rinni egalladi. Ma’lumki, Janubiy Koreya Filippin, Tailand, Vetnam, Malayziya, Indoneziya va Xitoydan keyin, lekin Yaponiyadan oldin turadi.

Eng past ko‘rsatkich Misrda qayd etilgan (35,7 punkt).

Ta’kidlash joizki, tadqiqot 58 ta davlatda uchta mezon bo‘yicha o‘tkazilgan: ayollarning ijtimoiy hayotdagi ishtiroki, intellektual mulki va moliyaviy resurslardan foydalanish huquqi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring