Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Surxondaryoda poyezddan portlovchi modda topildi

Surxondaryoda poyezddan portlovchi modda topildi

Foto: «boshtrans.uz»

Surxondaryo viloyati bojxona boshqarmasi «Boldir» temir yo‘l chegara bojxona posti xodimlari qo‘shni Turkmanistondan mamlakatimiz hududiga kirib kelgan yuk poyezdi vagonlarining biriga joylashtirilgan portlovchi modda hamda uning bir dona detonatorini ushlab qoldi, deb xabar bermoqda «O‘zA».

— Dunyoda yuzaga kelayotgan geosiyosiy vaziyat, xavf va tahdidlar bojxona xodimlaridan yuqori kasbiy-jismoniy tayyorgarlikka ega bo‘lishni, o‘z vazifasiga hamisha hushyorlik bilan yondashib, doimo shay turishni taqozo etmoqda, — deydi viloyat bojxona boshqarmasi jamoatchilik va OAV bilan aloqalar guruhi inspektori Shoxro‘z O‘ralov. — Shunga muvofiq viloyat bojxona xodimlari turli chora-tadbirlarni amalga oshirib, kontrabanda ashyolari va noqonuniy tovarlarning yurtimiz hududiga olib kirilishiga chek qo‘ymoqda. Mazkur holatda ham tungi soat 2.00larda Vatanimizga kirib kelgan yuk poyezdi bojxona nazoratidan o‘tkazilganda tarkibidagi vagonlardan birining ko‘z ilg‘amas joyiga qizg‘ish rangli «Trotilovaya shashka ves 200 gramm» nomli portlovchi modda va uning bir dona detonatori ustomonlik bilan joylashtirilgani aniqlanib, to‘xtatib qolindi.

Ushbu holat bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring