Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Surxondaryoda chaqalog‘ini hojatxonaga tashlab ketgan ona topildi

Surxondaryoda chaqalog‘ini hojatxonaga tashlab ketgan ona topildi

Foto: Telegram / @vachach

Hojatxona ichiga yangi tug‘ilgan chaqalog‘ini tashlab ketgan ona qidiruvlar natijasida topilgani xabar berilmoqda.

Hozirda surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, yangi tug‘ilgan chaqaloq 2 iyul kuni Denov tumanidagi «Lolazor» buyum bozori hududidagi hojatxonadan topilgan.

Chaqaloq 2-sonli viloyat perinatal markaziga og‘ir ahvolda olib kelingan. Bola ancha vaqt nazoratsiz qolib ketgani uchun og‘ir ahvolda bo‘lgan, ammo shifokorlarning sa’y-harakatlari bilan uning hayoti saqlab qolingan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring