Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Surxondaryo g‘alla topshirish rejasini ortig‘i bilan bajardi

Surxondaryo g‘alla topshirish rejasini ortig‘i bilan bajardi

Foto: «Agro.uz»

Surxondaryo viloyati g‘allakorlari mamlakatimizda birinchilardan bo‘lib davlatga g‘alla topshirish rejasini ortig‘i bilan bajardi.

Viloyatning davlatga don sotish rejasi 266,2 ming tonnani tashkil etib, amalda 100 foizdan oshirib bajarildi. Xususan, Angor tumani 142 foiz, Jarqo‘rg‘on, Muzrobod, Termiz, Sariosiyo tumanlari 107-110 foizga va Boysun, Qiziriq, Sherobod tumanlarida esa 101-103 foizdan rejani ortig‘i bilan bajarildi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 30 sentyabrdagi «2019 yil hosili uchun kuzgi boshoqli don ekinlari navlarini joylashtirish va boshoqli don yetishtirishning prognoz hajmlari to‘g‘risida»gi qarorini ijrosini ta’minlash maqsadida hududda joriy yil hosili uchun 93 ming gektar suvli va 4,2 ming gektar lalmi maydonlarda kuzgi boshoqli don ekinlarini ekish ishlari amalga oshirilgan. Hudud bo‘yicha suvli maydonlarga ekilgan g‘alla maydonlarini «zang» kasalligi, zararkunandalar va begona o‘tlarga qarshi profilaktik kimyoviy ishlovlar tizimli ravishda o‘tkazildi.

Mavsumda olib borilgan bu kabi sa’y-hararkatlarni sifatli amalga oshirishda omilkor dehqon va fermerlarning ko‘rsatgan jonbozligi muhim ahamiyat kasb etdi.

Joriy yilda Surxondaryo viloyati bo‘yicha 470 ming tonna yoki har gektaridan 50,5 sentnerdan don ishlab chiqarish rejalashtirilgan.

Viloyatda doni yig‘ishtirib olinmagan g‘allazorlarda o‘rim-yig‘im qizg‘in davom ettirilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring