Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Sting salomatligi yomonlashgani uchun Belgiyadagi chiqishini bekor qildi

Sting salomatligi yomonlashgani uchun Belgiyadagi chiqishini bekor qildi

Sting.

Foto: «NewsOne»

Britan xonandasi va bastakori Sting bugun, 9-iyul kuni Gent (Belgiya)dagi jaz festivali yopilish marosimida qatnashmaydi. Bu haqda uning o‘zi «Twitter»da xabar qoldirgan.

Xabarga ko‘ra, 67 yoshli Stingning sahnaga chiqishiga shifokorlar ruxsat berishmagan. Muxlislar o‘z chipta pullarini qanday qaytarib olishi tez orada ma’lum qilinadi.

Gentda 29-iyunda boshlangan jaz festivali bugun yakunlanadi. Shu paytgacha san’at muxlislari Gregori Porter, Xose Jeyms, Blu Samu, Martha Da’ro, Maisha - UK, Melissa Aldana va boshqalarning ijodidan bahramand bo‘lishdi.

Eslatib o‘tamiz, ikki yil oldingi intervyusida Sting yaxshi eshitmasligidan shikoyat qilgandi. Eshitish apparatidan foydalanish esa unga yoqmagan.

«Eshitish moslamasini ishlatishga urinib ko‘rdim, ammo u bilan istaganimdan ko‘proq eshityapman! Bo‘lar-bo‘lmas gaplar ko‘p », — degandi Sting.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring