Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Startaplarni yo‘lga qo‘yishda germaniyalik ekspertlar bilan ishlanadi

Startaplarni yo‘lga qo‘yishda germaniyalik ekspertlar bilan ishlanadi

Germaniyaning xalqaro hamkorlik hamjamiyati (GIZ)ning ekspertlari Franziska Tade va Eileen Trenkmann Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutida startaplarni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha erkin muloqot olib borishdi. Bu haqda institut matbuot xizmati rahbari Rahimboy Jumaniyozov xabar berdi.

Muloqot davomida institutda yo‘lga qo‘yilgan startaplarni saralash jarayonlari va ularni joriy etish muammolari haqida suhbatlashildi. Xususan, institut qoshida tadbirkorlik bo‘yicha qo‘shma diplomli dasturni joriy etish imkoniyati borasida fikr almashildi.

GIZ bilan ilmiy ishlar bo‘yicha keng qamrovli hamkorlik qilish bo‘yicha o‘zaro kelishib olindi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring