Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«Start up club»: investordan $300 ming sarmoya olib, 6 oyda foydaga kirgan tadbirkor haqida (video)

O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining «Yoshlar» telekanali orqali ishbilarmon, faol yoshlar uchun «Start up club» ko‘rsatuvi namoyish etib kelinadi.

Ushbu ko‘rsatuvda yurtimizning taniqli tadbirkorlari bilan suhbat uyushtirilib, biznesni yo‘lga qo‘yish sirlari, ularning shaxsiy tajribalari va boshqa qiziqarli va qimmatli ma’lumotlar taqdim etiladi.

«Xabar.uz» portali «Yoshlar» telekanali ijodkorlari bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘ygan holda, ko‘rsatuvning to‘liq variantini taqdim etib borishni maqsad qildi. Zero, ushbu loyiha yoshlarning innovatsiyalar tadbirkorligi va loyihalarini amalga oshirishida o‘ziga xos maktab vazifasini o‘taydi. Ko‘rsatuvga taklif etiladigan boy tajribaga ega tadbirkorlar o‘ziga xos mahorat darslarini o‘tab berishadi.

Startapda ikki narsa muhim: istak va intilish. Biznesni boshlash u qadar murakkab vazifa emas, asosiysi muvozanatni saqlash va muvaffaqiyatga erishish yo‘llarini qidirish. «Start up club» loyihasi mehmonlari xuddi shu yo‘llarni bosib o‘tishgan. Buni qanday uddalashganini ularning o‘zlari so‘zlab berishadi.

Odatda aksariyat tadbirkorlar o‘z faoliyatini o‘smirlik davrlaridan boshlashgan. Bugungi ko‘rsatuv mehmoni esa o‘z biznesini 10 yoshidan boshlagan. Demak, loyihaning bu safargi mehmoni — taniqli tadbirkor, «Paynet» to‘lov tizimi asoschisi, bir qator IT-loyihalar muallifi Botir Orifjonov.

Botir Orifjonov 300 ming AQSh dollari miqdoridagi sarmoyani investordan olib, 6 oyda foydaga kirgan. U bu biznes orqali 20 mingta ishchi o‘rni hosil qilganidan faxrlanadi. Keling, mashhur tadbirkorning biznesga kirib kelishi, startap loyihalari, muvaffaqiyatlari haqida bevosita uning o‘zidan eshiting.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring