Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

SSV bloger vafot etgan klinika yuzasidan yangi bayonot berdi

SSV bloger vafot etgan klinika yuzasidan yangi bayonot berdi

Sog‘liqni saqlash vazirligi bloger F.Mannopov vafoti yuzasidan «StarMedSentr» klinikasida tekshiruvlar olib borilayotganini, shu sababli muassasa faoliyati vaqtincha to‘xtatilganini ma’lum qilgan edi.

Shundan so‘ng ayrim internet nashrlarida mazkur xususiy klinika hali ham ishlayotgani, vazirlik esa jamoatchilikka noto‘g‘ri axborot taqdim etgani yuzasidan xabarlar tarqaldi.

SSV vaziyat yuzasidan axborot berdi. 

Aytilishicha, Sog‘liqni saqlash vazirligi vakolatli organ sifatida tibbiy faoliyat uchun litsenziya berish jarayonini tashkil etishda «Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 4-moddasida belgilangan prinsiplarga, xususan, fuqarolar hayoti va sog‘lig‘ini saqlashning, jamoat xavfsizligi va atrof-muhitni muhofaza qilishning ustuvorligiga amal qilgan holda litsenziatlar tomonidan litsenziya talablariga to‘liq muvofiqlik ta’minlanishini nazorat qiladi.

Shundan kelib chiqqan holda ayni paytda vazirlik tegishli organlar bilan birgalikda fuqaro F.Mannopov vafoti yuzasidan poytaxtimizdagi «StarMedSentr» klinikasida o‘rganish ishlarini olib bormoqda. Dastlabki tekshiruv ma’lumotlariga ko‘ra, mazkur tibbiyot muassasasida bir qator litsenziya talab va shartlariga nomuvofiqliklar aniqlangan.

Shu bois Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-fevraldagi 80-son qarori bilan tasdiqlangan «Maxsus elektron tizim orqali ayrim faoliyat turlarini litsenziyalash tartibi to‘g‘risida yagona nizom»ning 40-bandiga asoslanib, vazirlikning joriy yil 11-martdagi 33-06795-sonli qarori bilan «OMAD PLYUS» MChJga 2021-yil 16-fevralda tibbiy faoliyat uchun berilgan 27390032-sonli litsenziya talablari va shartlari buzilganligi hamda kelgusida salbiy oqibatlar kelib chiqishining oldini olish maqsadida vaqtincha to‘xtatilgan.

Bu haqdagi ma’lumot esa vazirlikning 33-06793-sonli xati bilan shu yil 11-mart kuni mazkur klinikaning elektron shaxsiy kabineti va telefon raqamiga SMS orqali yuborilgan. Qolaversa, 13-mart kuni tegishli hujjatlar qog‘oz shaklida takroran klinikaning pochta va faoliyat manziliga jo‘natilgan.

Qolaversa, Adliya vazirligining mazkur reyestrida ham ushbu tashkilotning litsenziyasi to‘xtatilganligini ko‘rish mumkin.

Sog‘liqni saqlash vazirligining tegishli qarori bilan «OMAD PLYUS» mas’uliyati cheklangan jamiyatiga tegishli ushbu xususiy tibbiyot muassasasi 2023-yil 14-mart kunidan boshlab, 10 kun muddatga o‘z faoliyatini to‘xtatganini vazirlikka ma’lum qildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring