Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Sohada siyosiy o‘zgarishlar — sahnadan siyosatga o‘tgan san’atkor

Sohada siyosiy o‘zgarishlar — sahnadan siyosatga o‘tgan san’atkor

Foto: Madaniyat vazirligi

27 yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vaziri Ozodbek Axmadovich Nazarbekov vazirlik xodimlari oldida rasmiy Hukumat Rahbari tomonidan Prezident farmoni o‘qilgan holda o‘z lavozimiga rasman tayinlandi.

So‘z avvalida, Hukumat Rahbari A.Aripov Yoshlar, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha qo‘mita raisi, Oliy Majlis Senatining senatori B.Sayfullayevni yuksak lavozim, Prezident tomonidan bildirilgan ishonch bilan qutladi.

So‘ng, bir qator tashrif buyurganlar M.Xodjimatov, F.Abduxalikov, M.Yo‘lchiyeva, Sh.Toxtasimovlar B.Sayfullayev va O.Nazarbekovni qutlab, so‘zga chiqdilar.

Vazir Ozodbek Nazarbekov barchaga minnatdorchilik bildirgan holda, ustozi B.Sayfullayevni yana bir karra qutlab, tajribasi va maslahatiga tayanishini bildirdi. Shuningdek, vazirlik jamoasiga o‘z ishonchlarini aytib, soha rivoji uchun kamarbasta bo‘lishlarini tilab qoldilar.

Manba: madaniyat.uz

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring