Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Sog‘liqni saqlash vazirligi Sirdaryoda ag‘anagan «Isuzu» avtobusidagi jabrlanganlar haqida ma’lumot berdi

Sog‘liqni saqlash vazirligi Sirdaryoda ag‘anagan «Isuzu» avtobusidagi jabrlanganlar haqida ma’lumot berdi

Foto: Sirdaryo xabarlari

Shu yilning 11-iyulida Sirdaryo viloyati, Mirzaobod tumani M-34 trassa yo‘lida harakatlanayotgan «Isuzu» avtobusi yo‘ldan chiqib ketib, avtohalokat sodir bo‘lgani xususida xabar berilgandi. Sog‘liqni saqlash vazirligi ushbu hodisa oqibatida jabrlanganlar ahvoli xususida ma’lumot berdi. 

Natijada 16 nafar fuqaro turli darajada tan jarohati olgan. Bemorlarga zudlik bilan shoshilinch tibbiy yordam ko‘rsatilib, ularning 9 nafari Respublika Shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining Sirdaryo viloyat filialiga yotqizilgan, 7 nafariga esa jarohati yengil bo‘lganligi sabab ambulator sharoitda tibbiy yordam ko‘rsatilgan. Vafot etgan bemorlar yo‘q.

Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan jabrlanganlarga tibbiy yordam ko‘rsatish bo‘yicha qo‘shimcha choralar ko‘rilmoqda. Jumladan, Respublika Shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazida halokat oqibatida jabrlangan fuqarolarga tibbiy yordam ko‘rsatish bo‘yicha tezkor guruh tuzildi.  Ayni paytda malakali jarroh, neyrojarroh, travmatolog, ortoped, reanimatolog-anesteziolog, nevrolog kabi shifokorlar markazning Sirdaryo viloyat filialidagi bemorlar hayoti uchun kurashmoqda.

Shuningdek, ular uchun zarur tibbiy dori-darmon va tibbiy vositalar yetkazib berilgan.


Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring