Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Soch oqarishi aslida qanday  jarayonning belgisi sanaladi?

Soch oqarishi aslida qanday  jarayonning belgisi sanaladi?

Foto:«Deskgram»

Amerikalik olimlar soch oqarishi va inson organizmining umumiy holati o‘rtasida aloqa borligini isbotladi, deb yozmoqda «Farmekspert».

Ma’lum bo‘lishicha, oqargan sochlar mustahkam salomatlik ko‘rsatkichi ekan. Faqat sochlarning 30 yoshgacha oqarish holati bundan mustasno.

Bu borada olib borilgan tadqiqot davomida olimlar, agar organizmda jiddiy buzilishlar bo‘lmasa, unda sochlar 50-55 yoshlarga oqarishini aniqladi. Demak, oq sochlar paydo bo‘lishi tufayli xafa bo‘lishga o‘rin yo‘q – bu organizm to‘g‘ri ishlayotganining belgisi hisoblanadi.

Shu o‘rinda, odamda oq sochlarning paydo bo‘lishi hujayra ichidagi muhim antioksidantlardan biri – glutation moddasi miqdorining ko‘pligi bilan bog‘liq ekanini qayd etish lozim. Agar ushbu modda yetishmovchiligi mavjud bo‘lsa, unda organizmdagi qarish jarayonlari tezlashadi.

Ushbu ma’lumotdan kelib chiqqan holda mutaxassislar oq sochlar – yaxshi salomatlik belgisi, degan xulosaga keldi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring