Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Sirdaryolik sportchilarga 100 mln so‘m va 3 xonali uy beriladi. Agar...

Sirdaryolik sportchilarga 100 mln so‘m va 3 xonali uy beriladi. Agar...

Foto: viloyat hokimligi axborot xizmati

Tokio-2020 XXXII Olimpiyada o‘yinlariga litsenziyani qo‘lga kiritgan sirdaryolik sportchilarga 100 mln so‘mdan pul mukofot, shuningdek, yaxshi natijalar ko‘rsatib sovrindorlar safida bo‘lganlarga 3 xonali uy beriladi. 

Sirdaryo viloyati hokimligi axborot xizmati xabar berishicha, Guliston shahridagi «Alpomish» sport majmuasida mamlakat, jahon va Osiyo chempionatlari sovrindorlari hamda murabbiylari viloyat hokimligi hamda sektor rahbarlari tomonidan taqdirlandi.

Xususan, sirdaryolik sportchilar 2020 yilda Yaponiya davlati Tokio shahrida bo‘lib o‘tadigan XXXII yozgi Olimpiya va XVI paraolimpiya o‘yinlarida qatnashish uchun litsenziyani qo‘lga kiritish maqsadida kurash olib borayotgan 15 nafar sportchiga mashg‘ulotlarni samarali tashkil qilishlari hamda ularni qo‘llab quvvatlash maqsadida 10 million so‘mdan, ularning murabbiylariga esa 5 million so‘mdan pul mukofotlari berildi.

Shuningdek, sportchilarga olimpiyada litsenziyasini qo‘lga kiritgan kuni har biriga 100 million so‘mdan pul mukofoti hamda XXXII Olimpiyada o‘yinlari musobaqasida yaxshi natijalar ko‘rsatib, sovrindorlar safida bo‘lganlarga Guliston shahrida bunyod etilayotgan ko‘p qavatli zamonaviy yangi uylardan 3 xonalik kvartira sovg‘a qilinishiga va’da berildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring