Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Sirdaryoda mikroavtobus haydovchisi uxlab qolishi oqibatida YTH sodir bo‘ldi, ikki kishi vafot etdi

Sirdaryoda mikroavtobus haydovchisi uxlab qolishi oqibatida YTH sodir bo‘ldi, ikki kishi vafot etdi

Foto:«Novorosinform.org»

19-iyul kuni Sirdaryo viloyati, Oqoltin tumanida 25 yoshli Sh.D. «Gazel» rusumli mikroavtobusni «Termiz-Toshkent» yo‘lida haydab ketayotib, uxlab qolishi oqibatida yo‘l chetida to‘xtab turgan R.M. boshqaruvidagi «Mersedes-Bens» rusumli yuk avtomashinasini tirkamasining orqa qismiga urgan. 

Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.

«Gazel» mikroavtobusi yo‘lovchisi, Buxoro viloyatida yashagan 1956-y.t. N.A. ismli ayol jarohat olib, voqea joyida vafot etgan. Shuningdek, «Gazel» mikroavtobusining uch nafar yo‘lovchilari jarohat olib kasalxonaga yotqizilganlar va ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramay bir nafar yo‘lovchi vafot etgan. Haydovchi Sh.D. hamda qolgan 4 nafar yo‘lovchilariga kasalxonada tibbiy yordam ko‘rsatilgan.

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring